Bokschi qizlarimizning shashti baland
Qozog‘istonning Ostona shahrida boks bo‘yicha o‘tayotgan “World Boxing” kubogi bahslarida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi munosib ishtirok etmoqda.
Musobaqaning navbatdagi kunida Navbahor Hamidova -65 kg. vazn toifasida bo‘lib o‘tgan bahsda norvegiyalik Angelsen Madeleiyeneni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chorak final bosqichiga yo‘l oldi. Vazni 51 kilogrammgacha bo‘lgan Sabina Boboqulova esa italiyalik Martina Vassalloga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Afsuski, Farzona Fozilova yurishini nimchorak finalda to‘xtatdi.
Ma’lumot o‘rnida: “World Boxing” tashkiloti kubogining chorak va yarim final bellashuvlari bugun va ertaga o‘tsa, so‘nggi hal qiluvchi final janglari 5-6 iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA