Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida bugun yarim final bahslari start oladi
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida chorak final bosqichi yakunlanib, yarim finalga yo‘l olgan sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra mazkur bosqichga Hindiston — 16 nafar, Qozog‘iston — 13 nafar, O‘zbekiston — 11 nafar, Xitoy — 8 nafar, Mo‘g‘uliston — 5 nafar, Tailand — 4 nafar, Xitoy Taypeyi — 4 nafar, Yaponiya — 4 nafar, Shimoliy Koreya — 3 nafar, Tojikiston — 3 nafar, Iordaniya — 3 nafar, Janubiy Koreya — 2 nafar, Filippin — 1 nafar, Turkmaniston — 1 nafar bokschilar bilan yetib keldi.
Musobaqaning yarim final janglari 6–7-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda g‘olib bo‘lgan bokschilar finalga yo‘llanma oladi.
Yarim final bahslarida bugun O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili ringga ko‘tariladi.
Juftliklar:
-70 kg: Oysha Toirova — Arundhati Choudhari (Hindiston)
-75 kg: Aziza Zokirova — Lovlina Borgoxain (Hindiston)
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Dina Islambekova (Qozog‘iston)
-65 kg: Abdulloh Madaminov — Shion Nishiyama (Yaponiya)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA