Bojxonachilar nomutanosiblikni aniqladi
Maxsus turdagi transport vositalarining porshenlarini hujjatlarda qayd etmagan holda “Olot” chegara bojxona posti orqali olib kirishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi.
Joriy yilning 8 avgust sanasida xorijiy yo‘nalishda harakatlangan yuk avtomashinasi “Olot” chegara bojxona postiga kirib keldi. Belgilangan tartib doirasida tegishli bojxona nazoratidan o‘tkazilgan tovarlar va bojxona yuk deklaratsiyasi taqqoslanganda esa, nomutanosiblik kuzatildi.

Gumonlarga oydinlik kiritish maqsadida amalga oshirilgan bojxona ko‘rigida hech qanday hujjatlarda qayd etilmagan, umumiy qiymati 2 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan tovarlar borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri