Bojxonachilar hushyorligi ish berdi
“Buxoro aeroporti” bojxona posti xodimlari “Buxoro-Vnukovo” aviareysi orqali harakatlanayotgan fuqaroning qo‘l yuklarini amaldagi bojxona qonunchiligiga ko‘ra ko‘rikdan o‘tkazadi.
Natijada jami 50 dona tarixiy tangalar noqonuniy olib ketilayotgani aniqlanadi. Hozirda, yuqoridagi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA