Bojxona sohasidagi yangi yondaşuvlar tadbirkorlarga kömak beradi
Tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini qöllab-quvvatlaş, taşqi iqtisodiy faoliyatda yuzaga kelayotgan masalalarni joyida örganiş hamda ularning yeçimiga kömaklaşiş maqsadida Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi masʼul xodimlari hududlarda tadbirkorlar bilan sayyor uçraşuvlar ötkazilmoqda.
Jumladan, Toşkent tumanidagi “Bonito Group” korxonasida ötkazilgapn usraşuvda Prezidentimizning 2026-yil 27-avgustdagi “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillaştiriş va bojxona maʼmurçiligida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonining mazmun-mohiyati tuşuntirildi. Mazkur hujjatda tadbirkorlik subʼektlari uçun bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş, ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, raqamli texnologiyalarni keng joriy qiliş hamda bojxona rasmiylaştiruvi jarayonlarini tezlaştirişga alohida eʼtibor qaratilgan.

Muloqot davomida korxona vakillari bilan taşqi iqtisodiy faoliyatni amalga oşirişda yuzaga kelayotgan masalalar, xususan, import qilinayotgan xomaşyo, tikuvçilik furniturasi va işlab çiqariş uskunalarini bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş jarayonlari muhokama qilindi. Mavjud muammolarni qonunçilik talablari doirasida hal etiş, bojxona xizmatlari sifatini oşiriş va tadbirkorlar uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi.
Maʼlumot uçun, “Bonito Group” MÇJ 2017-yilda taşkil etilgan bölib, töqimaçilik va tikuvçilik mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Korxona Xitoy, Turkiya, Yaponiya va Italiyadan xomaşyo, furnitura hamda işlab çiqariş uskunalarini import qiladi. Işlab çiqariş quvvati yiliga 13 million donadan ortiq mahsulot bölib, bu 15 million AQŞ dollariga baholanadi.

Bunday sayyor uçraşuvlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita iş joyida örganiş, ularga amaliy yordam körsatiş, şuningdek, bojxona organlari bilan biznes vakillari örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
A.Musayev,ÖzA