“Boeing” rahbariyati bayonot bilan chiqdi
“Boeing” bosh ijrochi direktori Dennis Myulenberg bayonotiga ko‘ra, kompaniya 737 MAX rusumidagi laynerlar ekspluatatsiyasi xavfsizligini to‘liq ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
“Boeing” bosh ijrochi direktori Dennis Myulenberg bayonotiga ko‘ra, kompaniya 737 MAX rusumidagi laynerlar ekspluatatsiyasi xavfsizligini to‘liq ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
“Boeing”rahbariyatining bayonoti kompaniya saytida e’lon qilingan.
Qayd etilishicha, hozirda kompaniya Efiopiyada tergovchilarga texnik ekspertiza ishlariga yordam bermoqda.
”Tez orada 737 MAX uchuvchilarini tayyorlash bo‘yicha yangilangan dasturiy ta’minotni ishga tushiramiz. Bu “Lion Air” aviakompaniyasining 610 reysi halokatidan so‘ng aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi...” degan Denis Myulenberg.
Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni Efiopiya aviakompaniyasiga tegishli “Boeing 737 MAX” samolyoti halokatga uchragan edi. Samolyot bortida 157 kishi bo‘lgan. Hodisadan so‘ng 20 ta mamlakat ushbu rusumdagi laynerlarga havo kengliklarini yopib qo‘ydi.