Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida AQSH va Xitoy vakillari Ukraina masalasida tortishib qoldi, deb xabar tarqatdi “Reuters” axborot agentligi.

– Qo‘shma Shtatlar XXRga Ukrainadagi “Rossiya agressiyasini kuchaytirishni to‘xtatishi” kerakligini aytdi, Pekin esa Vashingtonni aybni boshqa tomonga o‘zgartirish va qarama-qarshilikni qo‘zg‘atishga urinayotganlikda aybladi, -deyiladi maqolada.

Nashrning yozishicha, AQSHning BMTdagi elchisi vazifasini bajaruvchi Doroti Shi barcha davlatlarni, jumladan, Xitoyni ham Rossiyaga harbiy-sanoat kompleksini mustahkamlashga yordam beradigan tovarlar eksportini to‘xtatishga chaqirgan.

Pekin vakili Gen Shuan bu ayblovlarni qat’iyan rad etgan. Uning aytishicha, Xitoy Rossiya-Ukraina mojarosi davom etishi tarafdori emas va uning davlati ikki tomonga ham qurol bermagan. Gen Shuan shuningdek, Vashingtonni sodir bo‘layotgan voqealar uchun aybni o‘zgartirishni va qarama-qarshilik yaratishni bas qilishga chaqirgan.

S.Rahimov, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Xavfsizlik Kengashida janjal kelib chiqdi