Biznes-ombudsman: tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
Poytaxtimizda Biznes-ombudsman tomonidan Prezidentimizning 2024-yil 27-dekabrdagi "Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatlaridagi dolzarb muammolar va istiqbolli takliflar bilan murojaat qildi.


Mas’ullar tomonidan har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, aksariyat masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan so‘rovlar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi Biznes-ombudsman devoni tomonidan nazoratga olindi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA