Biznes daxlsizligi — iqtisodiy yuksaliş garovi: Tösiqlar qanday bartaraf etilmoqda?
Davlat idoralarining noqonuniy aralaşuvlaridan tadbirkorlarni himoya qilişda Biznes-ombudsmanning örni beqiyos. Uning faoliyati minglab muammolarni hal etib, iqtisodiy barqarorlikka poydevor bölmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş faqatgina moliyaviy kömak yoki soliq imtiyozlari beriş bilan çeklanib qolmay, balki ularning qonuniy manfaatlarini davlat idoralari va nazorat qiluvçi organlarning noqonuniy aralaşuvlaridan himoya qilişni ham talab etadi.
Bu borada mamlakatimizda huquqiy institut — Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil – Biznes-ombudsman devoni muhim poydevor vazifasini bajarib kelmoqda.
Maʼlumotlarga köra, joriy yilning 9 oyi davomida Biznes-ombudsman devoniga 10 ming 740 dan ortiq murojaat kelib tuşgan. Natijada 10 mingdan ziyod murojaat körib çiqilib, qariyb 48 foiz holatda tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklangan. 3 500 dan ortiq murojaat böyiça huquqiy tuşuntirişlar berilgan.
Xususan, Namangan viloyatida faoliyat yurituvçi “K.O.” MÇJ bank hisobvarağidan yeçib olingan 110 million söm mablağni qaytarişda amaliy yordam sörab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi. Aniqlanişiça, “K.O.” MÇJning bank hisobvarağidan “P.S.L.” MÇJning soliq qarzdorligi uçun debitorlik qarzini undiriş tartibida 110 million söm mablağ yeçib olingan. Mazkur masala yuzasidan Vakil devoni tomonidan Namangan viloyati soliq boşqarmasiga tadbirkorning qonuniy manfaatlarini taʼminlaş yuzasidan tegişli sörov xati kiritildi. Biznes-ombudsman aralaşuvi natijasida 110 million söm tadbirkorga töliq qaytarildi.
Yana bir misol sifatida keltiradigan bölsak, Biznes-ombudsman yordamida tadbirkorning 4 yillik yer muammosi hal etildi.
Jumladan, Toşkent viloyatida faoliyat körsatuvçi tadbirkor amaliy yordam sörab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi. Aniqlanişiça, «Angren» EIZ iştirokçisi hisoblangan «L.» MÇJ tomonidan sanitar keramik mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş va xomaşyo omborxonasi quriş maqsadida Toşkent viloyati EIZ va KSZ Maʼmuriy kengaşining qarori hamda Ohangaron tumani hokimining 2020-yildagi qaroriga muvofiq 0,20 gektar yer maydoni ajratilgan.
Tadbirkor ajratilgan yerda omborxona qurib, undan amalda foydalanib kelayotgan bölsa-da, mahalliy hokimlik tomonidan yer ijara şartnomasi tuzib berilmagan. Buning oqibatida tadbirkor yerga bölgan huquqini davlat röyxatidan ötkaza olmay, hujjatlarni rasmiylaştirişda tösiqlarga duç kelayotgan edi. Biznes-ombudsman aralaşuvi bilan Ohangaron tumani hokimligi tomonidan jamiyat örtasida yer ijara şartnomasi tuzilib, 4 yillik muammo ijobiy hal etildi. Natijada tadbirkorning yerga bölgan huquqi qonuniy mustahkamlandi.
Şuningdek, hujjatlarning töliq rasmiylaştirilişi korxonaga işlab çiqarişni xavotirsiz kengaytiriş va kelgusida uşbu obʼektdan bank kreditlari hamda investitsiyalarni jalb qilişda garov taʼminoti sifatida erkin foydalaniş imkonini berdi.
–Sönggi yillarda Biznes-ombudsman idorasi nafaqat tadbirkorlarning murojaatlari bilan işlovçi tuzilma, balki ularning huquqlarini tiklaş, davlat organlarining asossiz qarorlarini bekor qiliş va sunʼiy byurokratik tösiqlarni bartaraf etişda keskin va amaliy natijalarga erişuvçi kuçli huquqiy qalqonga aylandi, – deydi Biznes-ombudsman murojaatlar bilan işlaş şöʼbasi mudiri Guljamol Şukurova. – «Yagona davlat nazorati» va «Tadbirkor virtual ofisi» kabi raqamli tizimlarning keng joriy etilişi, nazorat qiluvçi organlar tomonidan ötkaziladigan noqonuniy tekşiruvlarning oldini oliş hamda joylarda taşkil etilayotgan sayyor qabullar tizimi mazkur institut faoliyatining neçoğli transformatsiya bölganini körsatmoqda.
Xususan, «Tadbirkor virtual ofisi» orqali qariyb 5 ming 900 ta murojaat doirasida 6 ming 700 dan ortiq masala kötarilgan. Ularning 1 850 tasi ijobiy hal qilinib, 4 mingga yaqini böyiça huquqiy kömak körsatilgan. Nazorat tadbirlari va taʼsir çoralari natijasida 233 milliard söm tadbirkorlar foydasiga undirilgan, 76 ta noqonuniy qaror bekor qilingan.
Şu bilan birga, xususiy boğçalarga kam tölangan subsidiyalar tiklandi. Axborot tizimidagi notöğri hududiy tasnif sabab ayrim bolalar uçun oyiga 178 ming söm örniga 125 ming söm tölangan. Biznes-ombudsman taşabbusi bilan vazirlik va hokimliklar maʼlumotlarni töğriladi. Natijada 2 240 nafar tarbiyalanuvçi böyiça kompensatsiya belgilangan miqdorga yetkazildi: xususiy boğçalar endi har oy qöşimça 130,8 million söm oladi.
Şuningdek, Namangan viloyati hokimining bozorlar hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan ikki turdagi yiğim undiriş böyiça qarori bekor qilinib, bitta yiğim joriy qilindi hamda 38 ta dehqon bozorida faoliyat yuritayotgan 7 000 dan ortiq tadbirkorga yengillik yaratilib, sotiş xarajatlari qisqartirildi.
Xususiy sektorning huquqiy himoyasini taʼminlaş — nafaqat alohida olingan tadbirkorning manfaati, balki butun mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va xalq farovonligining boş garovi. Bu borada Biznes-ombudsman instituti ötgan davr mobaynida davlat idoralari va tadbirkorlik subʼektlari örtasidagi muloqotni muvofiqlaştiruvçi, qonun ustuvorligini amalda taʼminlovçi eng işonçli va taʼsirçan tuzilmaga aylanganini isbotladi. Vakil devoni tomonidan amalga oşirilayotgan tizimli işlar, jumladan, milliardlab sömlik noqonuniy qarzdorliklarning bekor qilinişi, asossiz tekşiruvlarning oldi olinişi va biznes muhitini raqamlaştiriş yölidagi islohotlar yurtimizda tadbirkorning mulki va huquqi daxlsiz ekanini yaqqol namoyon etmoqda.
Kelajakda iqtisodiy ösiş surʼatlarini yanada jadallaştiriş va xorijiy investorlarning mamlakatimizga bölgan işonçini mustahkamlaşda Biznes-ombudsmanning roli yanada ortib borişi şubhasiz. Zero, davlat organlarining biznes faoliyatiga har qanday noqonuniy aralaşuviga çek qöyilişi, byurokratik tösiqlarning bartaraf etilişi va «Tadbirkor virtual ofisi» kabi oçiq platformalarning rivojlanişi Özbekistonni iqtisodiy jihatdan erkin va qulay hududga aylantirişga xizmat qiladi. Tadbirkorning huquqiy qalqoni mustahkam ekan, yurtimizda iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy yuksaliş davom etaveradi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA