Bitiruvchilar bandligi ta’minlanmoqda
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani sanoat kasb-hunar kollejini bu yil 567 yosh mutaxassis bitirmoqda.
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani sanoat kasb-hunar kollejini bu yil 567 yosh mutaxassis bitirmoqda.Buxgalter, payvandlash ishlari, tikuv va tikuv-trikotaj buyumlari ishlab chiqarish texnik-texnologi, teleradioapparturalarni ta’mirlovchi usta, komputer va komputer tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi kabi yo‘nalishlarda kasb sirlarini o‘rgangan yoshlar hududdagi korxona va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma asosida ishga joylashadi. Xususan, “Shahzoda Dilzoda” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Sardor-1” fermer xo‘jaligi kabi xususiy sektor subyektlarida, tuman elektr tarmoqlari kabi korxonalarda amaliyot o‘tagan bitiruvchilarning ish joyi kafolatlangan.