Bishkekda TurkPA yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Kenesh spikeri Marlen Mamataliyev Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) Bosh kotibi Ramil Hasanni qabul qildi.
“Kabar” axborot agentligi xabar berishicha, uchrashuvda TurkPA doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, assambleyaning 19-20-oktabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishi haqida so‘z yuritildi.
Mamataliyev Jogorku Kenesh qardosh davlatlar parlamentlari bilan shakllangan sheriklikni rivojlantirishdan manfaatdorligini ta’kidladi.
– Yig‘ilishga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz, chunki TurkPA yig‘ilishi parlamentlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash barobarida davlatlar aro munosabatni mustahkamlaydigan muhim maydon, – dedi u.
A.Mamatov, O‘zA