Birjada shakarning o‘rtacha narxi 8448 so‘mni tashkil etmoqda
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan Birjada narxlarni barqarorlashtirish va shakarni birja savdolari orqali barcha xaridorlarga teng sharoitlarda sotilishini tashkil etish maqsadida ko‘rilgan tezkor choralar ko‘rilgan.
"Natijada joriy yilning 18 mart kuni bir kun oldingiga nisbatan o‘rtacha narxi 1 tonnasi 11,9 million so‘mdan 10,1 million so‘mgacha pasaydi yoki 15 foizga arzonlashdi", deya ma’lum qiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi.
O‘zbekistondagi mavjud ikkita shakar zavodlari tomonidan shakar birja savdolariga 8 448 so‘m boshlang‘ich narxda yetkazilmoqda. O‘rnatilgan limit natijasida ishtirokchilar talablarini to‘liq qondirishga erishildi. Ya’ni oy boshida o‘rtacha 50 ta xaridor bo‘lgan bo‘lsa, 18 mart kuni xaridorlar soni 150 taga yetgan.
O‘z navbatida Qo‘mita tomonidan savdolarda ayrim tadbirkorlar tomonidan narxlarni sun’iy oshirish kabi birja savdolarida raqobatga zid harakatlar aniqlangan.
Hozirda ushbu xaridorlarga nisbatan ish qo‘zg‘atish maqsadida hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
O‘zA