Birja savdolarida AI-80 markali benzin narxi tushishda davom etmoqda
Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ko‘rilayotgan choralar natijasida kichik 1 tonna lotlar hajmi joriy yilning 22 noyabridan 50 foizgacha oshirildi.
Mazkur kunda birja savdolariga jami 4317 tonna AI-80 markali benzin qo‘yilgan bo‘lsa shundan 3879 tonnasi yoki 90 foizi sotilgan.
Natijada, 22 noyabr kuni AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 million 129 ming so‘mdan 8 million 570 ming so‘mgacha pasayib 15 foizga arzonlashdi.
Shuni ta’kidlash joizki, kichik 1 tonna lotlar savdosida Buxoro NQIZ tomonidan mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan benzinning o‘rtacha sotish narxi 7055 ming so‘mgacha pasaydi yoki 16 noyabrga nisbatan 28 foizga arzonlashdi, "Sanoat energetika guruhi" MCHJ QK mahsuloti bo‘yicha pasayish 15 foizni tashkil etdi.
Birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 7 barobarga oshdi.
Sh. Mamaturopova, O‘zA