Birdamlikka asoslangan aloqalar (+video)
Munosabat
Tarixiy ildizlari mushtarak, madaniyati, ma’naviyati o‘zaro hamohang bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari azaldan qo‘ni-qo‘shni, qon-qardosh bo‘lib yakdillikda yashab kelmoqda. Bugungi geosiyosiy maydonda mintaqa xalqlari va davlatlarining jipsligi, hamkorligi yanada ahamiyatli. Shu ma’noda poytaxtimiz Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi muhim o‘rin tutadi.
Mazkur anjumanning ahamiyati, unda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif-tashabbuslar mohiyati haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nigora Lutfullayeva o‘z munosabatini bildirdi.
Deputat qayd etganidek, davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi bilan Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. 2017 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari mintaqa mamlakatlarini yanada jipslashtirish, o‘zaro aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KTjMqkwnbwI" title="Birdamlikka asoslangan aloqalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Muhtarama Komilova,
Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA