Bir nafar professor-o‘qituvchiga 200 nafardan ortiq talaba to‘g‘ri kelmoqda (+video)
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingining muhim indikatorlaridan biri professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi shakllantirildi.
Natijalarga ko‘ra, davlat oliygohlarida bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 19,1 nafar talaba to‘g‘ri kelsa, xorijiy oliygohlar filiallarida bu ko‘rsatkich 32,9 nafarni, nodavlat oliygohlarda esa 55,3 nafarni tashkil etadi.
Oliygohlar toifalari kesimida eng yaxshi nisbat ijod (sport) fanlari oliygohlarida qayd etilgan bo‘lib, ularda bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 8,4 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Tibbiyot fanlari oliygohlarida ushbu ko‘rsatkich 13,6 nafarni, amaliy fanlar oliygohlarida 26,8 nafarni, ijtimoiy-gumanitar fanlari oliygohlarida esa 44,3 nafarni tashkil etadi.
Ayrim oliygohlarda professor-o‘qituvchi va talabalar nisbati keskin yuqori ko‘rsatkichni, ba’zi hollarda 200 nafardan ham ortiqni tashkil etgan.
Nisbatning yuqori bo‘lishi talabalar bilan individual ishlash, amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy faoliyat imkoniyatlarini cheklaydi.
Ma’lumot o‘rnida: bugungi kunda mamlakat oliygohlarida 1,6 milliondan ortiq talabaga 61 mingdan ziyod professor-o‘qituvchi dars bermoqda.
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/6iJGrUGEL08" title="Bir nafar professorga - o‘qituvchiga 200 nafardan ortiq talaba to‘g‘ri keladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA