"Bir daraxt kesilsa o‘rniga o‘n ikki daraxt ekdim..."
Ushbu da’vat sohibqiron Amir Temurning “Temur tuzuklari”da bitib qo‘yilgan.
Xalqimizda yashab turgan joyini obodonlashtirish, ko‘chat ekib, bog‘ yaratish o‘ziga xos qadriyatlardan biri sanaladi. Obodlikka hissa qo‘shish va atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi.
Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar, yo‘l yoqalarida yangi ekilayotgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk ulashishi barobarida, havo musaffoligini ta’minlab, kelgusida dasturxonimizni shirin-sharbat mevalar bilan to‘ldirishi shubhasiz.
Yurtimizda keng quloch yozgan “Dolzarb 40 kunlik” daraxt va buta ko‘chatlarini ekish tadbirlari davomida Qashqadaryo viloyatidagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalar tomonidana vohani bundan-da obod va ko‘rkam ko‘rinishga keltirish maqsadida, minglab bog‘ va gulzorlar barpo etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan taqdim qilingan ma’llmotlarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hokimligi tomonidan ham "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi qizg‘in davom etmoqda.
Umummilliy loyiha doirasida Qarshi shahridagi avvalgi “Qo‘rg‘irtog‘” hududidagi maishiy chiqindi poligoni “Yashil maydon”ga aylantiriladi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA