Beruniy - ilm osmonining so‘nmas yulduzi
Bobur nomli Andijon viloyati Axborot-kutubxona markazida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi va boy ma’naviy xazinasiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 19-oktabrdagi “Buyuk tabib va qomusiy olim Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini chuqur o‘rganish va uni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada ulug‘ allomaning hayoti, faoliyati, boy ijodiy merosi haqida keng ma’lumotlar taqdim etilgan.

Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tavallud topgan Abu Ali ibn Sino jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk qomusiy olim, g‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhur ulug‘ allomadir. Uning tib ilmi, falsafa, mantiq, adabiyot va boshqa qator sohalarga oid asarlari asrlar o‘tsa-da o‘zining ilmiy qimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas.

Buyuk ajdodlarimizning hayoti, faoliyati va ilmiy merosini o‘rganish yoshlarda ilm olishga muhabbat, milliy merosimizga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirish bilan birga, ulardan faxrlanish hissini yanada oshiradi. Shu ma’noda kutubxonaning yoshlar o‘quv zalida tashkil etilgan ko‘rgazma yosh kitobxonlarga buyuk olimning ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi, chuqur tafakkuri va keng dunyoqarashi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Faxriddin Ubaydullayev,
O‘zA muxbiri