Bernardu Silva: “Aguero – eng yaxshi jamoadosh!”
Krishtianu Ronaldu bilan birgalikda Portugaliya terma jamoasida toʻp suruvchi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva oʻz intervyusida klubdoshi Serxio Agueroni eng yaxshi jamoadosh, deb bilishini aytdi.

Jumladan, u:
“Men Krishtianu bilan milliy terma jamoada oʻynayman, biroq Aguero men bilan birga oʻynagan eng yaxshisidir.
Serxio fantastik futbolchi va uni jamoamizda oʻynayotganidan juda xursandmiz. “Arsenal” bilan uchrashuvda koʻrsatgan oʻyinidan keyin “Kun” kabi oʻyinchiga ega boʻlish sharafli ekanligini his qildim”, deya alohida taʼkidlagan portugaliyalik.