Berdiyarov Bahriddin Tilovqabulovichning texnika fanlari bo‘yicha fan doktori ( DSc) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risida
“Mis, rux tarkibli xomashyo va texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida
Berdiyarov Bahriddin Tilovqabulovichning 05.02.01 – «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» ixtisosligi bo‘yicha “Mis, rux tarkibli xomashyo va texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.03.04 raqamli Ilmiy Kengashning 2022 yil 2 iyul soat 1000 da majlisi bo‘lib o‘tadi.
(Manzil: 100095, Toshkent, Universitet ko‘chasi, 2-uy.
Tel.: (+99871) 246-46-00 faks: (+99871) 227-10-32,
e-mail: tadqiqotchi@tdtu.uz).
Eslatma: O‘zA rasmiy saytida e’lon qilinadigan dissertatsiyalar himoyasi to‘g‘risidagi e’lonlardan tushadigan mablag‘lar Agentlikni rivojlantirish jamg‘armasiga tushiriladi. Ayni paytda har bitta e’lon uchun belgilangan to‘lov — 210 000 so‘m (QQS bilan).