Ben Jeykobs: «Manchester Yunayted» Chuameni uchun taklif berishga tayyor
Avvalroq Fransiya terma jamoasi futbolchisining Madrid klubi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Jurnalist Ben Jeykobs «Real» yarim himoyachisi Orelen Chuamenining ehtimoliy «Manchester Yunayted»ga transferi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq Fransiya terma jamoasi futbolchisining Madrid klubi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
«Shartnomani uzaytirish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga allaqachon erishilgan. Agar bu bitim amalga oshmay qolsa, asosiy masala uning maoshi emas, balki «Real» talab qiladigan transfer summasi bo‘ladi.
Tchuameni bilan kelishuvga erishish mumkin. Ammo hammasi «Real» qanday narx belgilashiga bog‘liq.
Nazariy jihatdan, agar transfer uchun imkoniyat paydo bo‘lsa va narx maqbul bo‘lsa, «Manchester Yunayted» albatta rasmiy taklif bilan chiqadi», — dedi Jeykobs.
Hozircha «Real»ning asosiy maqsadi Orelen Chuameni bilan yangi shartnoma imzolash bo‘lib qolmoqda.