Belorus-AQSh: “sovuqchilik davri” nihoyasiga yetdimi?
BELTA axborot agentligi xabarda berishicha, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko AQSh bilan munosabatlarda “sovuqchilik davr” nihoyasiga yetganini ta’kidlagan.
BELTA axborot agentligi xabarda berishicha, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko AQSh bilan munosabatlarda “sovuqchilik davr” nihoyasiga yetganini ta’kidlagan.
Ushbu bayonot kuni kecha AQSh davlat kotibining Belarusga amalga oshirgan ilk tashrifi ortidan e’lon qilindi.
“Men amerikaliklar bizning katta do‘stimiz, deya olmayman albatta, lekin sovuqchilik davri endi ortda qolganini aytmoqchiman”, dedi mamlakat rahbari. Shuningdek, u buning uchun kimlardir “xavotir olib, ko‘z yoshi to‘kmasa” ham bo‘ladi, degan.
Uning ta’kidlashicha, Belorus respublikasi “buyuk imperiya” bilan munosabatlarini tiklamoqda.