Bellingem: “Futboldan zavqlanyapman, shuning uchun yaxshi o‘ynayapman”
Bizda juda kuchli tarkib bor.
“Real Madrid” yarim himoyachisi Jud Bellingem mavsum boshidagi yuqori sport formasining sababini tushuntirdi. Angliyalik futbolchi La Liganing 3-turida “Malaga”ga qarshi bahsda gol urdi, madridliklar esa 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Hozir maydonda biroz erkinroq o‘ynayapman. Jamoaga nima kerakligiga qarab oldinga chiqish yoki pastroqqa tushish imkoniyatim bor. Futboldan zavqlanyapman, shuning uchun ham yaxshi o‘ynayapman.
Birinchi bo‘limni fantastik o‘tkazdik. Ammo so‘nggi 20 daqiqamiz juda yomon bo‘ldi. Nega bunday bo‘lganini bilmayman”, — dedi Bellingem.
Shuningdek, futbolchi “Real” safida o‘ynash va muxlislarning olqishiga sazovor bo‘lish u uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi.
“Bizda juda kuchli tarkib bor. Bu har bir pozitsiyada yuqori saviyali futbolchilarga ega superklub. Murabbiy o‘zgarish qilganida, avvalgi uchrashuvda o‘ynamagan futbolchilar ham to‘liq tayyor bo‘ladi”, — dedi Bellingem.
“Real Madrid” uch turdan so‘ng 9 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.