Bekobodlik xotin-qizlar – g‘olib
Bekobod shahrida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida ayollar sport festivali bo‘lib o‘tdi.
Bekobod shahrida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida ayollar sport festivali bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan festivalda 378 nafar xotin-qiz sportning 7 turi bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab davlatimiz rahbarining 2004-yil 25-maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Fayziyeva va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida sportni rivojlantirish, xususan, xotin-qizlarning sport bilanshug‘ullanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, mahallalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishgaalohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Ayni paytda viloyatdagi 1 ming 823 sport inshootiga 336 mingga yaqin xotin-qiz jalb etilgan. Sport inshootlarida tashkil etilgan 4 ming 854 to‘garakda 18 yoshgacha bo‘lgan 46 mingdan ziyod qiz muntazam shug‘ullanmoqda.
Musobaqada umumjamoa hisobida Bekobod shahri birinchi, Yuqori Chirchiq tumani hamda Olmaliq shahri ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.