BCI vakili Özbekistonda paxtaçilikda xalqaro talablarga mos işlab çiqariş tizimi şakllanganini eʼtirof etdi
Oliy Majlis Senatiga BCI (Better Cotton Initiative) xalqaro notijorat taşkilotining boş operatsion direktori Lena Staafgard boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uçraşuvda Özbekistonda paxta-töqimaçilik tarmoğini barqaror rivojlantiriş, xalqaro standartlarni joriy etiş, fermerlar huquqlarini himoya qiliş hamda sohada şaffoflikni taʼminlaş masalalari muhokama qilindi.
Mamlakatimizda Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida paxtaçilik sohasida amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar, xususan, majburiy mehnatga barham beriş, mehnat huquqlarini taʼminlaş va xalqaro talablarga mos işlab çiqariş tizimini şakllantiriş borasida erişilgan natijalar qayd etildi.
BCI dasturining Özbekistondagi qamrovi kengayib borayotgani ijobiy baholandi. Joriy yilda dastur iştirokçilari soni ikki barobarga oşgani qayd etilib, sertifikatlaştiriş tizimini rivojlantiriş hamda xalqaro standartlarni milliy tizimga integratsiya qiliş böyiça hamkorlikni kuçaytiriş muhimligi taʼkidlandi.
Fermerlarning huquqiy kafolatlarini yanada mustahkamlaş, narx belgilaşda şaffoflikni taʼminlaş, moliyalaştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş va ekologik barqaror texnologiyalarni joriy etiş borasida hamkorlikni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
Mazkur yönalişda qöşma işçi guruh tuziş va tegişli «yöl xaritasi»ni işlab çiqiş, mahsulotlarning işlab çiqarişdan isteʼmolçigaça bölgan harakatini kuzatişga möljallangan «TRACE» va «UZ TRUST» raqamli tizimlarini joriy etiş masalalariga eʼtibor qaratildi.
N.Abduraimova,
ÖzA