Bayroqni eʼzozlaş — Vatanni eʼzozlaş demak
Vatanimiz bayroğida qöhna tarix, xalqimizning bosib ötgan yöli, orzu-intilişlari va kelajakka bölgan işonçi gavdalanadi. Köpinça bayroq haqida gap ketganda, avvalo, uning ranglari, şakli va ramziy maʼnolaridan söz boradi. Ammo uning qadri faqat taşqi körinişi yoki balandlarda mağrur hilpiraşi bilan belgilanmaydi. Eng muhimi, bayroq inson qalbida qanday tuyğularni uyğotişi, uning Vatanga bölgan munosabati va masʼuliyatida qanday aks etişidir.
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilinişi xalqimiz hayotidagi muhim tarixiy voqealardan biri böldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida milliy davlat ramziga ega böliş mamlakatimizning xalqaro maydonda öz örni va qiyofasiga ega mustaqil davlat sifatida namoyon bölişida muhim ahamiyat kasb etdi. «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi qonun bilan tasdiqlangan bayroğimiz suverenitetimiz va milliy davlatçiligimizning asosiy ramzlaridan biriga aylandi.
Zero, öz bayroğiga ega böliş bu öz taqdiriga özi egalik qiliş, mustaqil taraqqiyot yölini tanlaş va kelajak oldidagi masʼuliyatni his etiş demak.
Bayroğimizdagi har bir rang va belgi öz maʼnosiga ega. Moviy, oq va yaşil ranglar, ularni ajratib turuvçi qizil çiziqlar, yarim oy va ön ikki yulduz xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy qaraşlari va ezgu orzu-intilişlarini özida aks ettiradi.
Moviy rang osmon va suvni, hayot va barqarorlikni eslatadi. Oq rang poklik, tinçlik va ezgu niyatlar timsolidir. Yaşil rang tabiat, yaşariş va yangilanişni ifodalaydi. Qizil çiziqlar esa hayot jilosi va tiriklik ramzi sifatida talqin etiladi. Bu jihatlarni bugun mamlakatimizdagi har bir hamyurtimiz, ayniqsa yoş avlod biladi va yuksak qadrlaydi. Yarim oy xalqimizning tarixiy anʼanalari va milliy davlatçilik bilan boğliq maʼnolarni anglatsa, ön ikki yulduz qadimiy madaniy qaraşlarimiz, komillik va uyğunlik tuşunçalarini yodga soladi.
Bu ramzlarning maʼnosini bilişning özi kifoya emas. Ularning zamiridagi qadriyatlarni anglaş, asrab-avaylaş va hayotimizda namoyon etiş ham muhim. Çunki bayroq bugungi tinç va osuda hayotning qadriga yetiş, uni asraş hamda kelajak avlod oldidagi burçimizni unutmaslikka undaydi.
Davlat bayroğiga bölgan munosabatni faqat bayramlardagi tantanalar yoki rasmiy tadbirlardagi manzaralar bilan ölçab bölmaydi. Albatta, bayroğimizning xalqaro maydonlarda baland kötarilişi, sportçilarimiz ğalabasi şarafiga Özbekiston madhiyasi yangraşi bilan birga hilpiraşi har birimizga özgaça ğurur bağişlaydi. Ana şunday lahzalarda yuragimizda Vatanga bölgan mehr va iftixor tuyğusi yanada kuçayadi.
Ammo Vatanga muhabbat faqat şunday quvonçli onlarda namoyon böladimi? Albatta, yöq. U har kuni, oddiy hayotimizda, qilgan işimizda, odamlarga bölgan munosabatimizda körinadi. Öz vazifasini vijdonan bajariş, qonunlarga hurmat bilan qaraş, halol mehnat qiliş, jamiyat manfaatini şaxsiy manfaatdan ustun qöya biliş ham Vatanga sadoqatning bir körinişidir. Masalan, öz kasbiga masʼuliyat bilan yondaşayotgan şifokor, farzandlar taʼlimi va tarbiyasiga bor kuçini bağişlayotgan ustoz, halol mehnati bilan oilasi va jamiyatiga naf keltirayotgan inson yurt ravnaqiga öz hissasini qöşmoqda. Ularning har biri öz mehnati bilan Vatanga bölgan hurmatini namoyon etyapti.
Şuning uçun ham davlat bayroğini qadrlaş faqat uni uluğlovçi sözlarni aytiş yoki bayramlarda qölga tutiş bilan çeklanmasligi kerak. Bayroqqa hurmat u ifoda etayotgan mustaqillik, tinçlik, birdamlik va milliy qadriyatlarga sodiq qoliş, şu qadriyatlarga munosib yaşaşdir.
Davlat ramzlariga hurmatni yoş avlod qalbiga singdiriş alohida eʼtibor talab qiladi. Çunki bugungi yoşlar ertangi kun egalari, mamlakatning kelajagini belgilaydigan avlod. Ularning bayroqqa munosabati faqat uning ranglarini biliş yoki davlat ramzi sifatida taniş bilan çeklanib qolmasligi lozim. Yoşlar bayroq ortida qanday tarix, qanday orzu va qanday masʼuliyat borligini ham anglab yetişlari kerak.
Bu borada oila, taʼlim muassasalari va jamoatçilikning örni katta. Bolalarga Vatanni seviş, uni qadrlaş haqida gapiriş muhim, albatta. Ammo bu muhabbatni amalda körsatiş undan ham muhimroq. Zero, farzandlar köpinça kattalarning nasihatidan köra, ularning xatti-harakatlaridan köproq örnak oladilar.
Yana bir jihat bor, yaʼni mamlakatning xalqaro maydondagi obrösi faqat bayroğining baland kötarilişi bilan emas, balki şu bayroq ostida yaşayotgan insonlarning bilimi, madaniyati, mehnati va yutuqlari bilan ham belgilanadi. Qaysi sohada bölmasin, öz işini puxta biladigan, izlanadigan, yangilik yaratişga intiladigan va halol mehnat qiladigan inson yurtining obrösiga hissa qöşadi.
Bugun bayroğimiz tinç osmon ostida hilpirab turibdi. Balki biz bu manzaraga har kuni könikib qolgandirmiz. Ammo şu osoyiştalik ortida qançadan-qança qadriyatlar — mustaqillik, tinçlik, birlik va davlatçiligimiz turganini unutmasligimiz kerak. Zero, tinç osmon, osuda hayot va erkin taraqqiyotning qadrini anglaş ham fuqarolik masʼuliyati.
Nazokat Usmonova,
ÖzA muxbiri