Bayramoldi savdo yarmarkalari el xizmatida
FOTOREPORTAJ
Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami munosabati bilan Namangan shahri Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘i hududi hamda Davlatobod tumani “Yashil dehqon bozori”da arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkalardagi savdo rastalarida yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, dehqonu bog‘bonlar tomonidan yetishtirilgan sifatli va sarxil mevalar, sabzavot hamda poliz ekinlari, shuningdek, asal, tuxum, go‘sht, baliq, non va non mahsulotlari xaridorlarga arzonlashtirilgan narxlarda taqdim etilmoqda.
[gallery-8388]
Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA