Bayramga munosib toʻyona
Uylarni foydalanishga topshirish marosimi konsert dasturiga ulanib ketdi.
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari bayrami keng nishonlanayotgan shu kunlarda harbiylar va ichki ishlar organlari xodimlari uchun shahar markazida zamonaviy sharoitlarga ega xonadonlarning foydalanishga topshirilishi haqiqiy bayram sovgʻasi boʻldi.
Toʻyga toʻyona boʻlgan shinam xonadonlar sohiblari orasida Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi yurist konsulti Aziz Nurmatov ham bor.

– Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar tizimida xizmat qilayotganimdan mamnunman, – deydi A.Nurmatov. – 2 xonali xonadonga ega boʻlganim menga yanada ulkan masʼuliyat yuklamoqda. Avvalo, biz uchun shunday imkoniyatlarni yaratib berayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz.
Darhaqiqat, 2018-yilda viloyatda huquq-tartibot organlari xodimlari uchun jami 240 xonadonli 8 ta 5 qavatli uy foydalanishga topshirilgan edi. 2019-yilda jami 180 xonadonli 6 ta 5 qavatli uy qad rostladi.

Uylarni foydalanishga topshirish marosimi konsert dasturiga ulanib ketdi.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov soʻzga chiqdi.
