Bayramga munosib hozirlik ko‘rilmoqda
FOTOREPORTAJ
Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, bayram tadbirlarini ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Buxoro viloyatida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Bayram tadbirlarini tartibli tashkil etish, aholi va mehmonlar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, ommaviy sayillar o‘tkaziladigan hududlarni obodonlashtirish hamda transport harakatini muvofiqlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Tegishli idora va tashkilotlarga bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, xizmat ko‘rsatish tizimlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash, sanitariya va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan.
Shu bilan birga, bayram munosabati bilan viloyatning shahar va tumanlarida hududlarni tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalar va sayilgohlarni obodonlashtirish ishlari jadallashtirilmoqda.
[gallery-30976]
Mustaqillik bayrami bilan bir qatorda, yangi 2026/2027 o‘quv yilini munosib kutib olishga ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, ularning hududlarini obodonlashtirish va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta’lim muassasalarida mavjud infratuzilmani tartibga keltirish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, bunyodkorlik va ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.
Bu borada “Eng obod ta’lim muassasasi” viloyat tanlovining e’lon qilinishi ham muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Tanlov orqali ta’lim muassasalarida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini rag‘batlantirish, pedagoglar, o‘quvchilar va ota-onalarni umumiy ezgu maqsad atrofida birlashtirish ko‘zda tutilgan.
Ayni kunlarda Buxoroda bayramona kayfiyatni yuksaltirish, aholi va mehmonlar uchun munosib sharoit yaratish, shuningdek, yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda boshlash uchun zarur tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA