Bayden kongressdan 33 milliard dollar so‘radi
AQSH Prezidenti Jozef Bayden kongressga Ukrainaga qo‘shimcha 33 milliard dollar miqdorida yordam so‘rab murojaat qildi, — deya xabar beradi Oq uy ma’muriyati.
“RIA Novosti” xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati so‘ralgan mablag‘ning umumiy qiymatidan, taxminan, 20,4 milliardini qo‘shimcha harbiy va xavfsizlik bo‘yicha yordam uchun ajratishni rejalashtirmoqda.
Ushbu mablag‘ to‘plami, jumladan, Ukrainaga qo‘shimcha artilleriya birliklari, zirhli texnika, tankka qarshi va zenit qurollarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, pullarni kiber soha va havo hujumidan mudofaa tizimi imkoniyatini kengaytirish, o‘q-dori va strategik ahamiyatga ega foydali qazilmalar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, shuningdek, kengaytirilgan razvedka yordami ko‘rsatishga yo‘naltirish taklif etiladi.
Bayden kongressdan yana 8,5 milliard dollar iqtisodiy yordam ham so‘radi. Bu summa biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, dezinformatsiya va qarshi targ‘ibotga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, mablag‘ning bir qismi – 500 million dollari, Vashington fikricha, Ukrainadagi voqealar tufayli jahon bozorida yuzaga kelgan uzilish sharoitida mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga sarflanishi ko‘zda tutilgan.