AQSHning saylangan prezidenti Jozef Bayden biroz avval inauguratsiya marosimi boshlanadigan Kapitoliy binosiga kirib keldi.

Amerika telekanallari to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda Bayden va uning rafiqasi Jill qay tarzda zirhli avtomobildan tushib, Kapitoliy binosiga olib chiquvchi zina pillapoyalaridan ko‘tarilishini namoyish etib borishdi.

Saylangan prezident shtabi bayonotiga ko‘ra, ayni payt Kapitoliyga AQSHning 3 nafar sobiq prezidenti ham yetib kelgan. Bu ma’lumotga “CNN” o‘z xabarida Barak Obama rafiqasi Mishel bilan, shuningdek Bill Klinton ham umr yo‘ldoshi - 2016 yil Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodini qo‘ygan Xillari hamrohligida marosimda qatnashish uchun hozir bo‘lishdi, deb yozib aniqlik kiritgan. Tadbirda kichik Jorj Bush ham ishtirok etadi. 96 yoshli Jimmi Karter esa salomatligi imkon bermagani sababli kela olmasligini bildirgan.

Inauguratsiya marosimining boshlanishi Toshkent vaqti bilan 22.00 ga to‘g‘ri keladi. Bu vaqt Vashingtonda 20 yanvar kuni yarmidan og‘adi. Dastlab Bayden qasamyod qiladi, keyin o‘zining dasturiy ma’ruzasini o‘qiydi. Undan oldin saylangan vitse-prezident Kamala Xarris ham qasamyod qabul etadi.

AQSHning sobiq rahbari Barak Obama Jo Baydenni lavozim majburiyatini bajarishga kirishishidan bir necha soat oldin tabrikladi.

"Do‘stim, prezident Jo Baydenni muborakbod etaman! Bu sening davring", – deb yozgan Obama ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida va qutlov yoniga ikkalovi birgalikda tushgan suratni ilova qilgan.

Darvoqe, Obama prezidentligi davrida Bayden vitse-prezident bo‘lib ishlagan.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden Kapitoliyga qadam qo‘ydi