Bayden Afrika yetakchilari bilan sammit o‘tkazadi
AQSH prezidenti Jo Bayden Afrika mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida qit’a yetakchilari ishtirokida sammit o‘tkazmoqchi, deb bayonot berdi AQSH davlat kotibi Entoni Blinken.
"Bizning qit’aning barcha mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga bo‘lgan intilishimiz belgisi sifatida prezident Bayden AQSH–Afrika yetakchilari ishtirokida sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda", – deya keltiradi Frans Press agentligi Blinken so‘zlarini.
Agentlikning yozishicha, Blinken hozirda Nigeriyaning poytaxti Abujega tashrif buyurgan. U shu hafta Afrika mamlakatlari bo‘ylab safar qilishni rejalashtirgan.