Basketbol chempionati qizg‘in pallada
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida basketbol bo‘yicha U-18 yosh toifasida o‘g‘il-qizlar o‘rtasida viloyat chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlaridan 200 nafarga yaqin iqtidorli yosh basketbolchilardan tashkil topgan 14 jamoa ishtirok etmoqda. Ular g‘alaba uchun qizg‘in va murosasiz bellashuvlarda o‘z mahoratlarini namoyish etyapti.

Chempionat yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, jamoaviy o‘yin mahorati va raqobatbardoshlik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, musobaqa orqali istiqbolli sportchilarni aniqlash va terma jamoalar uchun zaxira shakllantirish maqsad qilingan.
Yuqori saviyada, sport ruhi va do‘stona muhitda o‘tayotgan chempionat 8 fevralga qadar davom etadi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA