«Barselona» Seru Girassi transferidan voz kechdi
«Transfermarkt» portali hujumchining transfer qiymatini 32 million yevroga baholamoqda.
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Girassi bu yozda «Barselona»ga o‘tmaydi.
Kataloniya klubi yangi hujumchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan va 30 yoshli gvineyalik futbolchi nomzodlar orasida bo‘lgan. Biroq «Barselona» rahbariyati uni transfer bo‘yicha qisqa ro‘yxatdan chiqarib tashlagan.
«Transfer News Live» «Bild» nashriga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar Girassining maoshini juda yuqori deb hisoblagan. Futbolchi Dortmund klubida yiliga qariyb 10 million yevro maosh oladi.
Girassi «Borussiya» safida 97 ta o‘yin o‘tkazib, 60 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. «Transfermarkt» portali hujumchining transfer qiymatini 32 million yevroga baholamoqda.