Barkola transferi futbol tarixidagi eng qimmat 10 bitim qatoriga kirdi
Rekord esa hamon Neymarga tegishli. PSJ 2017-yilda braziliyalik futbolchini “Barselona”dan 222 million yevro evaziga sotib olgan.
Fransiyalik vinger Bredli Barkolaning PSJdan “Liverpul”ga transferi futbol tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylandi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, “Liverpul” 23 yoshli futbolchi uchun 125 million yevro to‘ladi. Shu tariqa, Barkolaning transferi tarixdagi eng qimmat bitimlar reytingida 10-o‘rindan joy oldi.
125 million yevrolik ko‘rsatkich bo‘yicha Barkola bu yoz “RB Leypsig”dan “Real Madrid”ga ko‘chib o‘tgan Yan Diomande hamda avvalroq “Bayer”dan “Liverpul”ga transfer qilingan Florian Virts bilan tenglashdi.
Rekord esa hamon Neymarga tegishli. PSJ 2017-yilda braziliyalik futbolchini “Barselona”dan 222 million yevro evaziga sotib olgan.
Transfermarkt talqinidagi eng qimmat transferlar:
Neymar — PSJ — 222 mln yevro
Kilian Mbappe — PSJ — 180 mln
Usmon Dembele — “Barselona” — 148 mln
Aleksander Isak — “Liverpul” — 145 mln
Morgan Rojers — “Chelsi” — 138 mln
Elliot Anderson — “Manchester Siti” — 135 mln
Filippe Koutinyo — “Barselona” — 135 mln
Joau Feliks — “Atletiko” — 127,2 mln
Jud Bellingem — “Real Madrid” — 127 mln
Bredli Barkola — “Liverpul” — 125 mln
Yan Diomande — “Real Madrid” — 125 mln
Florian Virts — “Liverpul” — 125 mln.