“Barkamol avlod bolalari” festivali estafetasi Toshkent viloyatiga topshirildi
FOTOREPORTAJ
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan “Barkamol avlod bolalari” festivali 5 ming 120 dan ziyod yoshni o‘z atrofida qamrab oldi.
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi bilimini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan festival doirasidagi qator tanlov va musobaqalarda yoshlar “Madaniyat va san’at”, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport” kabi 7 yo‘nalishda imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi.
[gallery-22608]
Tanlov va musobaqalarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar munosib taqdirlandi.
Shu kuni respublika bo‘ylab yil davomida o‘tkaziladigan “Barkamol avlod bolalari” festivalining 2-mavsumiga Termiz shahrida start berilib, festival estafetasi Toshkent viloyatiga topshirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA