Bank foydasiga 17 milliard 750 million so‘m undirildi
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi ish yurituviga Pastdarg‘om tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 30 avgustdagi ijro hujjatiga asosan javobgar “Samarqand kamalak invest tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Asakabank” AJ viloyat filiali foydasiga 17 mlrd. 750 mln. 889 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan edi.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdorga ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun muddat berilgan.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi inspektori H.Dastamovning ma’lum qilishicha, olib borilgan ijro xarakatlari davomida “Samarqand kamalak invest tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan “Asakabank” AJ viloyat filiali foydasiga 17 mlrd. 75 mln. 889 ming so‘m kredit qarzdorlik undirildi.
O‘zA