Bacheletning keyingi muddatga qolish niyati yo‘q
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet keyingi to‘rt yillikda lavozimini saqlab qololmasligi to‘g‘risida bayonot berdi.
Inson huquqlari kengashining 50-sessiyasi qatnashchilariga murojaat ыilarkan, mulozim «men bu minbarda turib, so‘nggi bor hisobot beryapman», deya ta’kidladi.
Keyingi paytda Oliy komissar Rossiya tomonidan bir necha bor tanqidga uchragan.
M.Bacheletning to‘rt yillik vakolati 31 avgustda tugaydi. BMT Bosh assambleyasi rezolyutsiyasiga muvofiq, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar BMT Bosh kotibi tomonidan tayinlanadi va Bosh assambleyada tasdiqlanadi. Bu lavozimda ikki muddat ishlash mumkin.
Bachelet 2018 yil BMT Oliy komissari etib tayinlangunga qadar ikki marta - 2006-2010 va 2014-2018 yillar davomida Chili Prezidenti sifatida mamlakatni boshqargan.
O‘zA