BAAda asal festivali bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 27 -31 dekabr kunlari Xatta shahrida asal festivali o‘tkaziladi. “The National”ning xabar qilishicha, tadbir Dubay hukumati kompaniyalarning qishki turizmni rivojlantirish va qishloq joylarini ommalashtirish doirasida o‘tkazilmoqda.
Ma’lumki, bu yerda 50 dan ortiq asalarichilar o‘z mahsulotlarini namoyish etadi. Fermerlar bir maydonchada to‘planishi va asal ishlab chiqarish sohasida o‘zaro bilim almashishlari mumkin. Festivalda shuningdek, oilaviy bozor, bolalar o‘ynaydigan maydoncha va ta’tib ko‘rish hududlari ham tashkil etiladi.
Qayd etish kerakki, asalarichilik – Xatta shahridagi eng qadimiy va ommabop faoliyat turlaridan biridir. BAA mahalliy sanoatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2017 yilda asalarichilar uyushmasini tuzgan.
Xorij OAV materiallari asosida G. Abdullayeva tayyorladi, O‘zA