Hamkorlarimiz sahifalarida

Joriy yil oktyabr oyi boshidan BAA shart, nazorat, soddalashtirilgan tartib va qulaylik asosida mintaqaviy hamda global miqyosda chet elliklar uchun kirish va yashash sohasida yangilangan viza tizimini joriy qildi. Bu mamlakatni yashash, ishlash, innovatsiya va investitsiya uchun qulay vohaga aylantiradi, deya xabar bermoqda “WAM”.

Ushbu qadam bilan BAA rezidentlik va kirish vizasi imkoniyatini modernizatsiya qilish va kengaytirish orqali o‘z jozibadorligini oshirishda davom etmoqda, investorlar, tadbirkorlarni, aqliy va ilmiy muassasalar vakillarini jalb qilishda global raqobatbardoshlikni oshirishga harakat qilmoqda, yetakchi sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi mavqeini yuksaltirmoqda.

Immigratsiya qonunchiligi ko‘rib chiqilishi natijasida BAAning shaxsni aniqlash, fuqarolik, bojxona va port xavfsizligi bo‘yicha federal idorasi sayyohlar, ish izlovchilar va istiqomat qilishdan manfaatdor odamlar uchun yangi viza qoidalari to‘plamini joriy qildi.

BAAga kirish va yashashga ruxsat beruvchi 15 turdagi viza: sayyohlik kirish vizasi, “oltin” viza va “yashil” yashash uchun ruxsatnoma, yuk mashinasi haydovchilari uchun kirish ruxsatnomasi, qo‘shni davlatlar fuqarolari uchun vizalar yangilangan qoida va talablarni o‘z ichiga oladi.

Sayyohlar uchun muddati uzoqroq vizalar, “yashil” vizada qolish muddatini uzaytirish va kengaytirilgan 10 yillik “oltin” viza sxemasi yangi kiritilgan qoidaning asosiy yangiliklaridir. Endilikda sayyohlar amirliklarda avvalgidek 30 kun emas, 60 kun bo‘lishlari mumkin.

Bundan tashqari, besh yillik ko‘p martalik sayyohlik vizasi tashrif buyuruvchilarga BAAda ketma-ket 90 kungacha qolish imkonini beradi. Ish izlovchi vizasi esa professional ishchiga homiy yoki mezbon tomonsiz BAAda ishga joylashish imkoniyatini topishga yordam beradi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BAA rezidentlik imkoniyati va yangilangan kirish vizasi bilan ishlay boshladi