Aybsiz aybdorning huquqi tiklandi
Buxoro viloyati Kogon shahrida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor S.O. shahar adliya boʻlimiga murojaat qildi.
Buxoro viloyati Kogon shahrida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor S.O. shahar adliya boʻlimiga murojaat qildi.
Respublikada joriy etilgan karantin qoidalarini buzmagan boʻlsada, viloyat davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati boshqarmasi tomonidan asossiz ravishda unga 6 million 690 ming soʻm jarima jazosini belgilash haqida qaror qabul qilinganligini bayon etib, buzilgan huquqini tiklashda amaliy yordam soʻragan.
Adliya xodimlari tomonidan murojaat batafsil oʻrganib chiqildi. Natijada YATT sifatida roʻyxatdan oʻtgan fuqaro S.O. joriy yilning 23-mart kuni Kogon shahrida joylashgan baliqxona binosidagi elektr tarmoqlarini taʼmirlash maqsadida tashrif buyurgan 2 nafar ustalarni tushlik qilayotgan vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan karantinga oid qoidalar buzilganligi holati boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Unga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarlikka oid toʻplangan hujjatlar viloyat davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati boshqarmasi tomonidan murojaat muallifi fuqaro S.O. ishtirokida koʻrib chiqilgan. 2020-yil 4-apreldagi qarori bilan fuqaro S.O.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, 6 million 690 ming soʻm jarima jazosi belgilanganligi aniqlangan.
– Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi OʻRQ-613-sonli qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, unda karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun – fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan, –deydi Kogon shahar adliya boʻlimi boshligʻi Ismatillo Ismatov.

– Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 9-moddasiga koʻra maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bu huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda amal qilib turuvchi qonun hujjatlari asosida javobgarlikka tortilishi koʻrsatib oʻtilgan. Kogon shahar ichki ishlar xodimi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor fuqaro O.S.ning harakatlari yuzasidan 2020-yil 23-mart kuni maʼmuriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtirilgan yaʼni huquqbuzarlik deb hisoblangan voqelik Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54-moddasiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishidan oldin sodir boʻlgan boʻlsada, viloyat davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati boshqarmasi tomonidan Kodeksning 9-modda talabiga rioya etmasdan fuqaro S.O.ga nisbatan Kodeksning 54-moddasiga 2020-yilning 26-mart kuni kiritilgan oʻzgartirish asosida jarima tayinlash oqibatida qonunni qoʻllash amaliyoti hamda fuqaro S.O.ning qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlari buzilgan.
Viloyat davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati boshqarmasi tomonidan maʼmuriy ishni koʻrib chiqishda, maʼmuriy bayonnomaning vakolatli idora vakili tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilmaganligiga, yaʼni fuqaro S.O.ning sodir etilgan deb hisoblangan huquqbuzarlikni tan olmasdan kelayotganligiga, guvohlarning koʻrsatmalari bilan ish hujjatlarida taqdim etilgan tushuntirishdagi bayonotlar bir-biriga toʻgʻri kelmaslik holatlariga, sodir etilgan huquqbuzarlik karantin qoidalarining qaysi bandini buzishiga olib kelganligiga aniqlik kiritmasdan vaqtli asossiz xulosaga kelingan.
Shunga koʻra, adliya xodimlari tomonidan aniqlangan huquqbuzarlikni bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida viloyat davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati boshqarmasiga belgilangan tartibda taqdimnoma kiritilib, qarorni bekor qilish choralari koʻrildi.