Axmedov Sherzodbek Anvarxon o‘g‘lining texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yurish tizimi transformatsiyalanadigan paxtachilik traktorini yaratishning ilmiy-texnik asoslari” mavzusida
Axmedov Sherzodbek Anvarxon o‘g‘lining 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha “Yurish tizimi transformatsiyalanadigan paxtachilik traktorini yaratishning ilmiy-texnik asoslari” mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi himoyasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc 03.30.12.2019.T.10.01 raqamli Ilmiy kengashining 2026-yil 25-iyun kuni soat 10:00 da V bino, 205-xonada bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Tel: (+99871) 237-09-45, faks: (+99871) 237-38-79.
e-mail: admin@tiiame.uz