Avyasova Irina Rafailovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ingliz harbiy abbreviaturalarning rus va o‘zbek tillarida berilish tamoyillari” mavzusida
Avyasova Irina Rafailovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, чоғиштирма tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan “Ingliz harbiy abbreviaturalarning rus va o‘zbek tillarida berilish tamoyillari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik kengashning 2025 yil 17 may kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 130100, Jizzax shahri, Sh.Rashidov shoh ko‘chasi, 4-uy.
Tel.: +(99872) 226-13-57
e-mail: info@jdpu.uz jspi_info@umail.uz