Avstraliyada 150 dan ziyod kit qirg‘oqqa chiqib qoldi
Avstraliyaning Tasmaniya shtatida 150 dan ortiq mayda kit sohilga sakragan. So‘nggi 50 yil ichida ilk bor shunday voqea sodir bo‘ldi, deb yozgan mahalliy ABC telekanali.
– Hodisa mutaxassislarni hayron qoldirmoqda, qirg‘oqqa chiqqan jonivorlarning 90 ga yaqini hali tirik, – deyilgan xabarda.
Tasmaniya milliy bog‘i va yovvoyi tabiat xizmati (PWS) vakili Brendon Klark taxminicha, suv jonzotlari qirg‘oqda 24-48 soat qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Kitlarning hammasini saqlab qolish qiyin, chunki bu sohil hayvon tashishga mo‘ljallangan texnika vositalari markazidan ancha uzoq.
Kitlar yoppasiga qirg‘oqqa chiqib ketishi sababi noma’lum. Ta’kidlanishicha, Tasmaniyada suv jonivorlari ommaviy ravishda qirg‘oqqa sakrashi tez-tez uchrab turadi, biroq kitlar bilan bunday holat birinchi marta kuzatildi.
Masalan, Makkuori qo‘ltig‘ida 2020 yil 470, 2022 yil 200 bosh delfin ham suvni tark etib, qirg‘oqqa chiqib ketgandi.
S.Rahimov, O‘zA