Askarlar o‘z yaqinlari bilan diydorlashdi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan Sharqiy harbiy okrug Namangan gornizonida joylashgan G‘urumsaroy harbiy qismida “Askar onalarini sharaflaymiz!” shiori ostida harbiy xizmatchilar va ularning ota-onalari bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
Yigitlik burchini ado etib, uyidan uzoqda xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari ushbu uchrashuvdan behad shodlanib, farzandlarini Vatan himoyachilari kuni bilan qutladi.
[gallery-5369]
Namangan harbiy qismida jam bo‘lgan ota-onalar Qoraqalpog‘istonda o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan o‘g‘lonlari bilan, Qoraqalpog‘istondagi askarlar esa vodiydagi oila a’zolari bilan ekran orqali diydorlashib, suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Telemuloqot davomida harbiy qism orkestri tomonidan ijro etilgan “Askar maktubi”, “Farzandim – jigarbandim” kabi qo‘shiq va sho‘x taronalar tadbirga yanada fayz kiritdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA