«Arsenal» Bruno Gimaraesh uchun taklifni oshirmoqchi
«Arsenal» va Bruno Gimaraesh o‘rtasida shaxsiy shartnoma shartlari allaqachon kelishib olingan. Endi transferning amalga oshishi «Nyukasl» rahbariyatining qaroriga bog‘liq.
Londonning «Arsenal» klubi «Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimaraesh transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «kanonirlar»ning avval taqdim etgan 82 million yevrolik taklifi qayta ko‘rib chiqiladi va transfer summasi oshirilishi kutilmoqda.
Shuningdek, «Arsenal» va Bruno Gimaraesh o‘rtasida shaxsiy shartnoma shartlari allaqachon kelishib olingan. Endi transferning amalga oshishi «Nyukasl» rahbariyatining qaroriga bog‘liq.
Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar kelasi haftada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Nyukasl» safini vinger Entoni Gordon va yarim himoyachi Sandro Tonali tark etgan edi. Gordon 80 million yevro evaziga «Barselona»ga yo‘l olgani aytilmoqda. Tonali esa 108 million yevrolik transfer bilan «Tottenhem» futbolchisiga aylangani xabar qilingan.