Arnasoylik bilimdon yoşlar Xitoyga sayohatga yöl oldi
Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida iqtidorli öquvçilarning ingliz tili va matematika fanlaridan bilimlari munosib taqdirlandi. Tuman hokimi kubogi ğoliblari Xitoy Xalq Respublikasiga safarga kuzatib qöyildi.
Matematika va ingliz tili fanlari böyiça ötkazilgan bellaşuvda yuqori natija körsatgan yoşlarni Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov, nuroniylar va jamoatçilik faollari tantanali ravişda kuzatib qöydi.

Arnasoy tumanida anʼanaga aylanayotgan uşbu tanlov yoşlarning bilimga intilişini rağbatlantirişga qaratilgan. Ilk bor ötkazilgan bellaşuvda ingliz tili böyiça bilimlar sinovdan ötkazilgan edi. Joriy yilda esa matematika fani ham tanlov dasturiga kiritildi. Tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi maʼlumotlariga köra, joriy yilgi bellaşuvlarda qariyb 4 ming nafar öquvçi öz bilimini sinovdan ötkazdi.

Eʼtiborli jihati, loyiha qamrovi kelgusida yanada kengaytiriladi. Kelgusi yildan kitobxonlik yönalişida ham alohida tanlov taşkil etilişi taʼkidlandi.

Bunday taşabbuslar yoşlarning bilim olişga qiziqişini kuçaytiriş, iqtidorini yuzaga çiqariş va yangi marralarga intilişini qöllab-quvvatlaşda muhim örin tutadi. Zero, bilimga berilgan eʼtibor kelajak avlodning intellektual salohiyatiga qöşilgan sarmoyadir.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri