Arnasoyda "BMB Agro" ekin maydonlarini ikki baravarga kengaytiradi
Arnasoy tumanidagi "BMB Agro" korxonasi kelgusi mavsumda paxta va ğalla maydonlarini ikki baravar kengaytirişni rejalaştirmoqda. Ayni paytda yangi hosil uçun yer tayyorlaş, kuzgi şudgor va agrotexnik tadbirlar izçil davom etmoqda.
Qişloq xöjaligida ertangi hosilning taqdiri köp jihatdan bugun dalalarda bajarilayotgan mehnatga boğliq. Yerga öz vaqtida işlov beriş, har bir qariç maydondan unumli foydalaniş va agrotexnik talablarga amal qiliş barakali mavsumning muhim şartidir.
Arnasoy tumanidagi «BMB Agro» jamoasi bugungi kunda öz işiga masʼuliyat bilan yondaşmoqda. Korxona 2026-yilda ğallaçilik va paxtaçilik böyiça belgilangan şartnomaviy rejalarni töliq bajarişga erişdi. Erişilgan natijalar esa navbatdagi mavsum uçun yanada katta marralarni belgilaşga turtki berdi.

Hosil yiğib olingan maydonlarda kuzgi şudgor işlari bajarilib, tuproq ekişga tayyorlanmoqda. Kuzgi ğalla ekiş mavsumi belgilangan muddatlarda yakunlandi. Ayni kunlarda maysalar bir tekis unib çiqib, ularni parvarişlaş işlariga kirişilgan.
Dehqonçilikda natija faqat ekilgan maydon yoki olingan hosil bilan belgilanmaydi. Dala madaniyati, yerga munosabat va mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalaniş ham muhim ahamiyatga ega. Şu nuqtai nazardan, korxonada ekin maydonlari atrofini begona ötlardan tozalaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yer resurslarini işga soliş borasidagi saʼy-harakatlar ham izçil davom etyapti. Ekin maydonlarini kengaytiriş, foydalanişdan çetda qolgan yerlarni özlaştiriş orqali qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş hajmini oşiriş közda tutilgan.
Korxonaning kelgusi yil uçun belgilangan rejalari ham salmoqli. Bu yerdan foydalaniş samaradorligini oşirişni talab etadi. Şuningdek, agrotexnik jarayonlarni puxta taşkil etiş va mehnat resurslarini töğri yönaltiriş muhim ahamiyatga ega.

Zero, qişloq xöjaligida katta natijalar tasodifan qölga kiritilmaydi. Bugungi şudgorlangan yer, öz vaqtida ekilgan uruğ va parvarişlangan maysa ertangi rizq-rözning asosidir. “BMB Agro” jamoasi yangi mavsumga masʼuliyat bilan hozirlik körmoqda.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri