O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi saytida joriy yilning 11 may kuni e’lon qilingan “Bu bepisandlikmi yoki bee’tiborlik: nega ariqlar suv bilan emas, chiqindilar bilan to‘lmoqda?" nomli maqola yuzasidan Bektemir tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

“O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi muxbiri Nigora Rahmonovaning “Bu bepisandlikmi yoki bee’tiborlik: nega ariqlar suv bilan emas, chiqindilar bilan to‘lmoqda? deb nomlangan maqolasida Bektemir tumanidagi «Mirishkor» hamda «Zilola» mahallasidagi ko‘pqavatli uylar, shuningdek, 293 va 291-maktablar atrofidagi yo‘lak chetidagi ariqlar ichi mayda chiqindilar bilan to‘la ekanligi haqida aytib o‘tilgan.

Biz shuni ma’lum qilamizki, Bektemir tumani hokimligi ushbu maqolada tilga olingan mavzeni o‘rganib, yomg‘irli mavsumda hududdagi ariqlar suv bilan to‘lib, chiqindilar boshqa joylardan oqib kelib, chuqurliklarga tiqilib qolganligi ma’lum bo‘ldi.

Tuman obodonlashtirish boshqarmasiga murojaat qilganimizda, ular markaziy ko‘chalar, binolar joylashgan joyning yuza qismini tozalashlari, aholi istiqomat qiladigan hududning ichkari qismi, ariqlar ichini tozalash ularning xizmat vazifasiga kirmasligini ma’lum qildi. 

Shunga qaramasdan mahalla raislari boshchiligida obodonlashtirish bo‘limi xodimlari, jamoat ishchilari, mahalla faollari bilan birgalikda hashar yo‘li bilan ariqlar tozalandi. Chiqindilar bilan bog‘liq holatlar bartaraf etildi. Aholiga atrof-muhitni ifloslantirmaslik, ekologiyaga zarar keltirmaslik haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Biz tumanimiz aholisi vakillaridan shuni iltimos qilamizki, har bir fuqaro o‘zi yashayotgan hudud ozodaligiga mas’uliyat bilan yondashishi, maishiy chiqindilarni maxsus idishlarga tashlashlarini so‘raymiz. Zero, ekologiya hamda atrof-muhit ozodaligi har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ariqlarning ahvoli yuzasidan O‘zAda maqola e’lon qilingach, chiqindilar tozalandi