Argentina futbol assotsiatsiyasi: «A, B va C rejalarimning barchasi — Skaloni»
Skaloni 2018-yildan buyon Argentina terma jamoasini boshqarib kelmoqda.
AFA prezidenti Klaudio Tapia milliy terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skalonining kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Men Lionelni juda yaxshi ko‘raman. U bu yerda murakkab davrlarni boshdan kechirdi. Barchamiz uning qolishini istaymiz.
Muzokaralar juda yaxshi davom etmoqda. Mening A, B va C rejalarimning barchasi — Skaloni», — deya Tapianing so‘zlarini keltirdi TyC Sports.
Skaloni 2018-yildan buyon Argentina terma jamoasini boshqarib kelmoqda.
Uning qo‘l ostida Argentina 2021-yilgi Amerika kubogi, 2022-yilgi jahon chempionati va 2024-yilgi Amerika kubogida g‘olib bo‘lgan.
48 yoshli mutaxassisning terma jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil oxirida yakuniga yetadi.
Avvalroq Skaloni Argentina terma jamoasini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.