AQSHning global iqtisodiyotdagi ulushi 1980 yildan beri eng past darajaga tushdi
Prezident Donald Tramp davrida AQSH iqtisodiyotining global yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 1980 yildan keyingi eng past darajani ko‘rsatmoqda, deb yozgan "RIA Novosti" Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ma’lumotidan foydalangan holda.
XVJ hisobotida o‘tgan yil AQSHning xarid qobiliyati muvozanatiga asoslangan YAIMdagi ulushi 14,65 foizni tashkil etgani keltirilgan. Bu 1980 yildan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich.
Jo Bayden rahbarlik qilgan to‘rt yil davomida Qo‘shma Shtatlarning global iqtisodiyotdagi o‘rtacha ulushi 14,93 foiz edi.
Shunga qaramay, Federal zaxira idorasi ma’lumotiga ko‘ra, uchinchi chorakda mamlakat YAIM nominal miqdori qariyb 31,1 trillion dollarga yetgan. Bu tarixan eng yuqori ko‘rsatkich. Bayden prezidentligining so‘nggi choragiga nisbatan o‘sish 3,5 foizni tashkil etdi.
S.Rahimov, O‘zA